🔹 Bugun institutimizning Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakultetida, birinchi prorektor Sh.Dehkanov, dekan M.Tohirov va tyutorlar ishtirokida, 1-bosqich talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
♻️ So’ngra, ma’naviyat zalida bo’lib o’tgan yig’ilish davomida, Sh.Dehkanov ota-onalarga, institutda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, TTJlar faoliyati, ta’lim beruvchi malakali ustozlar haqida ham ma’lumot berib o’tdi. Ota-onalarni tyutorlar, dekan o’rinbosarlari bilan hamjihatlikda, hamkorlikda ishlashga chorladi. Shuningdek, iqtidorli va iste'dodli talabalarning ota-onalariga rahmatnomalar topshirildi.
R.Mirsharipov Hemis dasturi va kredit-modul tizimlarini ota-onalarga batafsil tushuntirildi, farzandlari besabab dars qoldirmasligini va fanlarni o’z vaqtida o’zlashtirishlari zarurligini aytib o’tdi.