2021-yil 2-iyun kuni Farg‘ona shahar 6-oilaviy poliklinika akusher-ginekologi Mamatova Zulfiyaxon va poliklinika akusher-ginekologi Xoshimova Sadoqatxon Farg‘ona politexnika institutiga “Reproduktiv salomatlik” mavzusida suhbat o‘tkazish uchun taklif qilindi. Tadbirni “Mashinasozlik” fakulteti dekanining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Alimjonova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Mamatova Zulfiyaxon o‘z ma’ruzasida ayollar salomatligi va kamqonlikning oldini olish haqida tibbiy ma’lumotlar berdi.Tadbirda talabalar, ayol o‘qituvchilar, xodimlar va murabbiylar ishtirok etdilar. Tadbirda ular o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga tibbiy javob oldilar.