12.02.2022-yil kuni Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Eshonguzar MFY aholisi o‘rtasida targ‘ibot ishlari tashkil etdilar. Mahalla tadbirlar zalida sigaret, nos va giyohvant moddalar chekish muammolari va ularni hal qilish borasidagi respublikamizda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida prorektor M.Botirov atroflicha hayotiy dalillar bilan aytib o‘tdi. Tadbirda mahalla faollari, onaxonlari, otinoyilari, yoshlar ishtirok etishdi. "Chekish – bu zararli odat" tamoyili asosida yig‘ilganlarga institutning professor-o‘qituvchilari tumanda yil davomida tizimli mana shunday ma’naviy tadbirlar olib borishlari haqida to‘planganlarga axborot berdi.