"PICamp" intellektual sog'lomlashtirish yozgi lagerining ochilish marosimi Joriy yilda aziz farzandlarimizning yozgi ta’tillarini mazmunli o‘tkazish maqsadida institutimizda “PICamp intellectual wellness” bolalar oromgohining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilishda institut rahbariyati vakillari, kasaba uyushmasi raisi B.Dadajonov ishtirok etdi va fakultet dekanlari bolajonlarni qutlashdi. Ochilish marosimida bir guruh multfilm qahramonlari va Tarona Ansambl bolalarning ko‘nglini ko‘tarish uchun keldi, marosimga kelgan ota-onalar, ayniqsa, bolalar kayfiyatini baham ko‘rishdi.