Har bir ota-ona o‘z farzandini oliy ta’lim muassasalarida katta umidlar bilan o‘qitadi. Ana shunday mas’uliyat yukini chuqur his qilayotgan institut professor-o‘qituvchilari talaba-yoshlarni Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan yetuk mutaxassis etib tarbiyalash yo‘lida bor kuch-g‘ayratini safarbar etmoqda.2022-yil 9-iyun. , Ishlab chiqarishda menejment fakultetida ota-onalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda fakultet dekani O.Nurmatov, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari, murabbiylar, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar. Tadbirda fakultet dekani tomonidan darslarni yaxshi o‘zlashtirgan, a’lo baholarga o‘qigan, yaxshi xulq-atvori bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ko‘rik-tanlovlarda faollik ko‘rsatayotgan bir guruh talabalarning ota-onalarini bayram bilan tabrikladi. tashakkurnoma taqdim etildi.