60730400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga bakalavrlar va 70730401- Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha) mutaxassislik magistrlari qabuli sonlari oshirildi. Yuqoridagi mutaxassislik va ta’lim yo‘nalishlarida suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni tayyorlash, oqizish, inshootlarini qurish, loyihalash bo‘yicha o‘quv rejalari takomillashtirildi; “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” kafedrasi yetuk professor o‘qituvchilari va magistrlari Ichimlik suvini tayyorlash, tozalash, tarmoqalarini loyihalash va oqova suvlarini tozalsh, qayta ishlatish, oqizish, tarmoqlarini loyihalash bo‘yicha ilmiy ishlar amalga oshirib kelishmoqda.