Institutning moddiy yordamga muhtoj talabalari uchun yordam

Institutda 20 nafar chin yetim toifasiga kiruvchi hamda 108 nafar nogironligi mavjud bo‘lgan talaba-yoshlar taxsil oladi. Ushbu toifadagi shaxslarga doimiy ma’naviy va moddiy ko‘mak berib borilmoqda. Xususan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan 108 nafar nogironligi mavjud bo‘lgan talaba-yoshlar 29 mln 160 ming so‘mlik moddiy rag‘batlantirildi. Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun institut binolariga kirish qismi va TTJlarga kirish qismida maxsus panduslar qilingan. Kitob mutolaasi va dars mashg‘ulotlarini tayyorlash maqsadida Axborot resurs markazi hamda Renessans xoll faoliyat olib boradi. Bundan tashqari, Talabalar turar joylarining har 1-qavatida maxsus xonalar ajratilgan bo‘lib, nogironlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Institut Talabalar kengashining 2022-yil 1-iyun kungi 21-sonli muhokama yig‘ilishida institutda 2021/2022 o‘quv yilida TTJda turgan 25 nafar 2-guruh nogironi, 2 nafar 3-guruh nogironi, 5 nafar chin yetim va 2 nafar unga tenglashtirilgan, 1 nafar kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan, “Temir daftar”ga kiritilgan 1 nafar, onasi “Ayollar daftari”ga kiritilgan 2 nafar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 6 nafar, shuningdek, faoliyati davomida faol ishtirok etib, yaxshi natijalarga erishgan 19 nafar TTJ Talabalar kengashi a’zolarini jami 63 nafar talabalarni tegishli hujjatlariga asoslangan holda TTJ to‘lovidan imtiyozli to‘liq ozod qilindi. 2021-yil 3-dekabr - "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Farg‘ona politexnika institutida tashkil etilgan "Sahovatpesha talaba" loyihasidagi qutilarda jami 917 000 ming so‘m pul va turli kiyimlar to‘plandi.

Ushbu qiymatliklarga "Fidoiy yoshlar" guruhi bilan birgalikda 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari sotib olinib, mahalla fuqarolar yig‘ini vakillarii bilan "Muruvvat" MFYda yashovchi nogironligi bor oila vakillariga tarqatildi.

ortga
1

Maqsad 1

Butun dunyoda barcha turdagi qashshoqlikni butkul yo‘q qilish

2

Maqsad 2

Ochlikni yo‘q qilish, ozuqaviy xavfsizlikni ta’minlash va oziqlanishni yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga yordamlashish

3

Maqsad 3

Barcha aholi sog‘lom turmush kechirishi va salomat bo‘lishini ta’minlash

4

Maqsad 4

Har bir insonni qamrab oluvсhi odil va yuqori sifatli ta’lim tizimini ta’minlash va ta’lim olishiga rag‘batlantirish

5

Maqsad 5

Gender tenglikni ta’minlab, barcha ayol va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish

6

Maqsad 6

Suv resurslarining mavjudligi, ulardan oqilona foydalanish va har bir insonning sanitariya vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash

7

Maqsad 7

Har bir insonning arzon, ishonchli va zamonaviy energiya manbalaridan foydalanish imkonini ta’minlash

8

Maqsad 8

Oldinga intiladigan, keng qamrovli va barqaror iqtisodiy o‘sish hamda aholining to‘laqonli unumdor bandligi va munosib mehnat qilish imkoniyatlarini ta’minlash

9

Maqsad 9

Mustahkam infratuzilmani olish, keng qamrovli sanoatlashtirish va innovatsiyalarni hayotga tadbiq etishga ko‘maklashish

10

Maqsad 10

Mamlakatlar o‘rtasidagi va ichida mavjud bo‘lgan tengsizlikni qisqartirish

11

Maqsad 11

Shahar va aholi punktlarining ochiqligi, xavfsizligi, mustahkamligi va ekologik barqarorligini ta’minlash

12

Maqsad 12

Oqilona iste’mol qilish va ishlab chiqarish modellariga o‘tishni ta’minlash

13

Maqsad 13

Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rish

14

Maqsad 14

Barqaror taraqqioyt yo‘lida okeanlar, dengiz va dengiz resurslarini asrash va ulardan oqilona foydalanish

15

Maqsad 15

O‘rmonlardan oqilona foydalanish, qumlanishga qarshi kurash, yerlarning tanazzulga uchrashi jarayonini to‘xtatib, yerlarni qayta tiklash, biologik xilma-xillikning yo‘qolib ketishini to‘xtatish

16

Maqsad 16

Tinchliksevar va ochiq jamiyat qurishga ko‘maklashish

17

Maqsad 17

Barqaror taraqqiyot yo‘lidagi xalqaro hamkorlikni jadallashtirish