Farg’ona politexnika institutida bo‘lib o‘tgan "Mehnat yarmarkasida" talabalarning qiziqishlari va mutaxassislik yo‘nalishlaridan kelib chiqib, ishga qabul qilish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi. Institut rektori, texnika fanlari doktori, professor – O’. Salomov oliy ta’lim muassasasida talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va navbatdagi muhim vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritib, institut tashabbusi bilan yaratilgan mavjud ish o‘rinlari bilan tanishtirdi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Shundan so'ng, jurnalistlar uchun press-tur tashkillanib, oliygohda mavjud spin-off kompaniyalari tanishtirildi.