2022 yil 4 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat hokimlari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlariga talaba-yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi. Mazkur topshiriqlarning amaldagi ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 17-mart kuni Farg‘ona viloyati prokuraturasi hamda Farg‘ona politexnika instituti hamkorligida Mehnat yarmarkasi tashkil etildi