Mehnat muhofazasi — insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl qoʻymaslik kabilar mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi. Uni har bir tashkilot, oliy va oʻrta taʼlim muassasalarida keng targʻibot qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir! Barchaga maʼlumki, 28- aprel Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni sifatida keng nishonlanadi.