Farg‘ona politexnika institutining iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda ekologik toza energiyadan foydalanishni ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi

Atrof muhit o‘zgarishi natijasidagi salbiy oqibatlar ta‘sirini kamaytirish strategiyalari Atrof muhit o‘zgarishi natijasidagi salbiy oqibatlar ta‘sirini kamaytirish strategiyalari- belgilangan maqsadlarga erishishning toifalar bo‘yicha, vaqt oralig‘i bo‘yicha o‘ziga xos usullarini o‘z ichiga oladi. Atrof muhit o‘zgarishi natijasidagi salbiy oqibatlari ta‘sirini kamaytirish strategiyasining ustuvorligi bir necha omillar bilan belgilanadi: bunda darhol, qisqa va uzoq muddatlarga reja qilinayotgan energiya tejamkor, ekologik toza, iqtisodiy samarador, hamda boshqa istiqbolli rejalarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda Farg‘ona politexnika instituti 6152,31 MVt quvvat bilan ishlab kelmoqda. Buncha quvvatni ishlab chiqarish uchun odatdagi issiqlik elektr stansiyalar 1076,65 tonna miqdordagi organik shartli yoqilg‘i sarf etadi. Talab etilgan quvvatni ishlab chiqarish uchun atmosferaga yiliga 1422,72 tonna uglerod dioksidi ajralib chiqadi. Boshqacha qilib aytganda Farg‘ona politexnika instituti yil davomida atmosferaga shuncha miqdordagi uglerod dioksidi chiqaradi yoki chiqishiga sabab bo‘ladi.

Hisoblashlarni amalga oshirishda institutdagi statsionar manbalar, elektr energiyasini uzatish va taqsimlashdagi yo‘qotishlar, chiqindi suvlar, sovutgichlarning chiqindilari hamda qattiq maishiy chiqindilar inobatga olingan. Ushbu quvvatlarni hisoblashda institutning barcha sohalarida ishlatiladigan elektr energiyasi sarflari, tabiiy gaz sarfi, avtomobil yoqilg‘ilari, xo‘jalik ishlariga sarflangan boshqa turdagi yoqilg‘ilar miqdorlarini elektr energiyasi hisobidagi sarfi holatiga o‘tkazilgan.

Rejada asosiy tavsiyalar energiya samaradorligini oshirish va institut energiya ite’molini qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi energiya ishlab chiqarish qurilmalariga o‘tkazish hamda qattiq maishiy chiqindilarni kamaytirish masalalariga yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan. Rejada belgilangan chora tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish orqali 2026-yilga qadar Farg‘ona politexnika instituti ekologik toza hududga ega universitet maqomiga erishadi.

 

ortga
1

Maqsad 1

Butun dunyoda barcha turdagi qashshoqlikni butkul yo‘q qilish

2

Maqsad 2

Ochlikni yo‘q qilish, ozuqaviy xavfsizlikni ta’minlash va oziqlanishni yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga yordamlashish

3

Maqsad 3

Barcha aholi sog‘lom turmush kechirishi va salomat bo‘lishini ta’minlash

4

Maqsad 4

Har bir insonni qamrab oluvсhi odil va yuqori sifatli ta’lim tizimini ta’minlash va ta’lim olishiga rag‘batlantirish

5

Maqsad 5

Gender tenglikni ta’minlab, barcha ayol va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish

6

Maqsad 6

Suv resurslarining mavjudligi, ulardan oqilona foydalanish va har bir insonning sanitariya vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash

7

Maqsad 7

Har bir insonning arzon, ishonchli va zamonaviy energiya manbalaridan foydalanish imkonini ta’minlash

8

Maqsad 8

Oldinga intiladigan, keng qamrovli va barqaror iqtisodiy o‘sish hamda aholining to‘laqonli unumdor bandligi va munosib mehnat qilish imkoniyatlarini ta’minlash

9

Maqsad 9

Mustahkam infratuzilmani olish, keng qamrovli sanoatlashtirish va innovatsiyalarni hayotga tadbiq etishga ko‘maklashish

10

Maqsad 10

Mamlakatlar o‘rtasidagi va ichida mavjud bo‘lgan tengsizlikni qisqartirish

11

Maqsad 11

Shahar va aholi punktlarining ochiqligi, xavfsizligi, mustahkamligi va ekologik barqarorligini ta’minlash

12

Maqsad 12

Oqilona iste’mol qilish va ishlab chiqarish modellariga o‘tishni ta’minlash

13

Maqsad 13

Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rish

14

Maqsad 14

Barqaror taraqqioyt yo‘lida okeanlar, dengiz va dengiz resurslarini asrash va ulardan oqilona foydalanish

15

Maqsad 15

O‘rmonlardan oqilona foydalanish, qumlanishga qarshi kurash, yerlarning tanazzulga uchrashi jarayonini to‘xtatib, yerlarni qayta tiklash, biologik xilma-xillikning yo‘qolib ketishini to‘xtatish

16

Maqsad 16

Tinchliksevar va ochiq jamiyat qurishga ko‘maklashish

17

Maqsad 17

Barqaror taraqqiyot yo‘lidagi xalqaro hamkorlikni jadallashtirish